Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

6-iyun kuni kunduzi Toshkent shahrida 45-sonli (Food City — Qushbegi) yo‘nalishda qatnovchi Yutong elektrobusi Qo‘yliq bozori (Bektemir tumani) yaqinidagi oxirgi bekatda orqaga harakatlanayotib, 35 yoshli ayolni urib yubordi.

Ayol olgan jarohatlari tufayli voqea joyida halok bo‘lgan. Bu haqdagi ma’lumot ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi holatni tasdiqladi.

Kompaniyaning qayd etishicha, haydovchi 32 yoshda bo‘lib, uning umumiy mehnat staji 7 yilni tashkil etadi. Hozirgi vaqtda hodisa sabablari yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Source: www.gazeta.uz