Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahridagi yirik yong‘in aks etgan video tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi ushbu holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, 8-iyun kuni soat 13:50 da Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Qarshi tumanidagi “Chaman” mahallasida joylashgan maishiy gaz ballonlarini suyultirilgan gaz bilan to‘ldirish punktida portlash sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga zudlik bilan qutqaruv bo‘linmalari yuborilgan. Ayni paytda portlashdan keyin boshlangan yong‘inni o‘chirish ishlari olib borilmoqda.
Hodisa sabablari va mumkin bo‘lgan jabrlanganlar haqida ma’lumot hozircha berilmagan. Qo‘shimcha tafsilotlar keyinroq ma’lum qilinadi.
Source: podrobno.uz