Toshkent viloyatidagi O‘zbekiston-Tojikiston chegarasida 85 million so‘mlik zargarlik buyumlarini noqonuniy olib o‘tishga urinishning oldi olindi. Bu haqda Podrobno.uz xabar berdi.
Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, fuqaro chegarani piyoda kesib o‘tmoqchi bo‘lgan. Skanerlash uskunasi yordamida tekshirish chog‘ida u zargarlik buyumlarini kiyimining ichki qismiga yashirgani aniqlangan.
Topilgan zargarlik buyumlarining umumiy og‘irligi 83,7 grammni tashkil etdi. Hozirda ushbu fakt bo‘yicha bojxona tekshiruvlari va protsessual tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston chegarasida yarim kilogrammga yaqin oltinni noqonuniy olib o‘tishga bir necha urinishlar fosh etilgan edi. O‘shanda musodara qilingan zargarlik buyumlarining umumiy qiymati yarim milliard so‘mdan oshgan edi.
Source: podrobno.uz