Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston hukumati harbiy hisobga olish tizimini tubdan isloh qilishni boshladi. Mudofaa vaziri Shuhrat Xolmuhammadovning ma’lum qilishicha, endi 16 yoshga to‘lgan va ID-kartaga ega bo‘lgan yigitlar avtomatik tarzda harbiy hisobga olinadi. Bu ma’lumotlar Ichki ishlar vazirligining axborot tizimidan olinadi.

Tibbiy ko‘rikdan o‘tish tartibi ham o‘zgartirilmoqda. Ilgari harbiy komissarliklarda o‘tkaziladigan tibbiy komissiya bekor qilinadi. Endi barcha tibbiy ko‘riklar tuman (shahar) markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalarida o‘tkaziladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan qarorga ko‘ra, harbiy xizmatchilar uchun ijara to‘lovi kompensatsiyasi Toshkent va Samarqand shaharlarida 25 foizga oshirildi.

Harbiy komissarliklarning fuqarolik xodimlarining ish haqi joriy yilning 1 iyulidan 20 foizga, 2027 yil 1 yanvardan esa yana 50 foizga oshiriladi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, “Hurmatli Prezidentimiz barcha takliflarni ma’qullab, bu yo‘nalishdagi ishlarni faollashtirish bo‘yicha bir qator topshiriqlar berdi”. Ushbu chora-tadbirlar “nol byurokratiya” tamoyilini joriy etish va harbiy hisob, tibbiy va chaqiruv komissiyalarini raqamlashtirishga qaratilgan.

Source: kun.uz