Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston Migratsiya agentligi farmatsevtika sohasi xodimlari uchun Qatarda ish takliflarini e’lon qildi. Yillik ehtiyoj 100 nafar mutaxassisni tashkil etadi.

Kuniga 7 soatlik ish grafigi belgilangan bo‘lib, oylik ish haqi 2000 dollargacha bo‘lishi kutilmoqda. Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: 22 yoshdan 55 yoshgacha, farmatsevtika bo‘yicha oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumot, kamida 1 yillik ish tajribasi, ingliz tilini muloqot darajasida bilish va Qatarda ishlashga tayyorlik.

Ish beruvchi ishchi vizasini rasmiylashtirish, O‘zbekiston-Qatar yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta, tibbiy sug‘urta, aeroportdan transfer, turar joy va ichki transport xarajatlarini qoplaydi. Oziq-ovqat xarajatlari esa nomzodning o‘z hisobidan bo‘lib, oyiga taxminan 150-200 dollarni tashkil etadi.

Istiqbolli nomzodlar Xorijda ish platformasida CV to‘ldirgan fuqarolar orasidan saralab olinadi. So‘rovnomani to‘ldirish va qo‘shimcha ma’lumot olish uchun +998 (71) 202-33-55 (ichki raqam: 501) telefoniga bog‘lanish mumkin.

Source: www.gazeta.uz