Navoiy viloyati SGB boshqarmasi xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda Samarqand shahar IIB profilaktika inspektori noqonuniy faoliyati fosh etildi.
Inspektor sobiq ichki ishlar xodimini xizmatga tiklashda yordam berish evaziga tanish mansabdor shaxslar orqali 7000 AQSh dollari olgan.
Hozirda ushbu fakt bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168 (Firibgarlik) va 211 (Pora berish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Boshqa bir holatda, Namangan viloyati Chust tumani IIB profilaktika inspektori fuqarodan 2000 dollar talab qilgan, o‘ziga nisbatan kelib tushgan arizani ko‘rib chiqmaganligini bahona qilgan. Bundan tashqari, fevral oyida u ushbu fuqarodan 700 dollar olgan.
Inspektor qolgan 1300 dollar va O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasi orqali noqonuniy chorva o‘tkazishda yordam berish uchun yana 2000 dollar talab qilgan. Shunday qilib, uning talablari umumiy 3300 dollarni tashkil etgan.
SGB, Bosh prokuratura huzuridagi departament va IVV Ichki xavfsizlik bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u pulni olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
Hozirda ushbu fakt bo‘yicha Jinoyat kodeksining 165 (Tovlamachilik) va 168 (Firibgarlik) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov davom etmoqda.
Source: uznews.uz