Davlat xavfsizlik xizmati (DXQ) tomonidan ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida korrupsiyaviy jinoyatlar fosh etildi. Samarqand shahri IIB profilaktika inspektori tanishlari orqali sobiq ichki ishlar xodimini tizimga qayta ishga tiklanishida yordam berish va’dasi bilan 7 ming dollar talab qilgan. Ushbu pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumonlanuvchi profilaktika inspektori hozirda qamoqda ekanligi ma’lum.
Namangan viloyati Chust tumani IIB profilaktika inspektori esa fuqarodan arizani ko‘rmasdan qoldirganini bahona qilib, 2 ming dollar talab qilgan. Fevral oyida 700 dollar olgan inspektor keyinchalik qolgan 1300 dollar va chorva mollarini noqonuniy olib o‘tishda yordam berish evaziga yana 2000 dollar, jami 3300 dollar so‘ragan.
Tezkor tadbir davomida u ushbu pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlangan. Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) va 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ushbu holatlar ichki ishlar tizimida korrupsiyaga qarshi kurash choralari kuchaytirilayotgan bir paytda yuz berdi. DXQ tomonidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Source: www.gazeta.uz