Jizzax shahridagi “O‘rda” istirohat bog‘ida 10-iyun kuni kechki soat 21:44 da “Bashnya padeniya” nomli attraksionda texnik nosozlik yuz berdi. Voqea natijasida 4 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, attraksion “Niyatjon niyati” MCHJga tegishli bo‘lib, 2019-yilda ishlab chiqarilgan va 16 o‘rindiqli edi. Oxirgi texnik ko‘rik 2025-yil 5-noyabrda o‘tkazilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda attraksionning sinib tushgani va jarohatlanganlar orasida yosh bola borligi ko‘rsatilgan. Milliy gvardiya xodimlari bolani zambilda olib chiqayotgani aks etgan.
Hozirda mutasaddi va mas’ul organlar tomonidan dastlabki o‘rganish va surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Voqea sabablari aniqlanmoqda.
Source: www.gazeta.uz