Samarqand viloyati Paxtachi tumanida 9-iyun kuni M-37 avtomobil yo‘lida og‘ir yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 35 yoshli Damas haydovchisi boshqa mashinalarni quvib o‘tishga urinib, asfalt qoplanmagan yo‘l chetiga chiqib ketgan.
U boshqaruvni yo‘qotib, qatnov qismiga chiqib, yuk mashinasiga borib urilgan. Hodisa natijasida haydovchi o‘z kuchi bilan mashinadan chiqib, jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda voqea aks etgan video tarqaldi. Unda Damas yuqori tezlikda yo‘l chetida harakatlanib, transport oqimini quvib o‘tishga urinayotgani, so‘ng boshqaruvni yo‘qotib, yuk mashinasiga urilgani ko‘rinadi.
Holat yuzasidan tergov oldi tekshiruvi olib borilmoqda.
Source: kun.uz