15-iyunga o‘tar kechasi Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi “Eylavak” mahallasida ichki ishlar organlari xodimlariga hujum qilindi. Kun.uz manbasiga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida ikki nafar xodim tan jarohati olgan.
Patrul-post xizmati xodimlari hududda navbatchilik qilayotganda bir guruh mast holatdagi shaxslarni payqab, ularni tartibga chaqirish va jarima yozishni niyat qilgan. Joyda janjal kelib chiqqan va fuqarolardan biri profilaktika inspektoriga pichoq bilan jarohat yetkazgan.
Voqea joyiga yetib kelgan boshqa xodimlar o‘zini himoya qilish maqsadida qurol ishlatgan. Kun.uz ixtiyoridagi hujjatda tumanda yashovchi 34 yoshli erkak qidiruvga berilgani ko‘rsatilgan.
Jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 25, 97-moddalari (qotillikka suiqasd) bo‘yicha qo‘zg‘atilgan. Bosh prokuratura va IIVdan rasmiy izoh hali berilmagan.
Source: kun.uz