Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Xalqaro konsalting kompaniyasi Boston Consulting Group (BCG) tomonidan tayyorlangan “Built to Change: How Cities Compete for the Future” nomli tadqiqotga ko‘ra, Toshkent dunyodagi eng tez o‘zgarayotgan shaharlardan biri sifatida tan olindi.

Reytingda Toshkent 80 ta shahar orasida o‘zgarishlar tezligi bo‘yicha uchinchi o‘rinni egalladi. Undan faqat Xitoyning Shenchjen shahri va Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod oldinda.

Tadqiqotda Toshkent iqtisodiy faollikning o‘sish sur’atlari bo‘yicha jahon yetakchisi sifatida qayd etildi. Xususan, real daromadlarning o‘sishi va ishsizlik darajasining pasayishi kabi ko‘rsatkichlar yuqori baholandi.

BCG ekspertlari shaharlarning muvaffaqiyati nafaqat infratuzilma, balki tez o‘zgarish va aholi uchun qiymat yaratish qobiliyatiga bog‘liqligini ta’kidlaydi. Toshkent aynan shunday dinamikani namoyish etmoqda: u investorlar, mutaxassislar va raqamli ko‘chmanchilar uchun jozibador bo‘lib, Markaziy Osiyoda bilim, texnologiya va madaniyat markazi imidjini shakllantirmoqda.

Avvalroq O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng tinchliksevar davlat deb tan olingan edi.

Source: podrobno.uz