Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

AQSh O‘zbekiston bilan hamkorlikni kuchaytirish maqsadida tuzilgan Biznes va investitsiya kengashining amerikalik a’zolarini e’lon qildi. Yangi tarkib Toshkent xalqaro investitsiya forumida taqdim etildi.

AQSh elchixonasi xabariga ko‘ra, kengash tarkibiga DFC vitse-prezidenti Betani Akilina Brez, AQSh Eksimbanki katta vitse-prezidenti Sara Vitten, Savdo vaziri yordamchisi Devid Fogel, Iqtisodiy va energetika masalalari bo‘yicha davlat kotibi yordamchisi Kalebr Orr va AQSh elchisi Jonatan Xenik kirdi.

Kengash 2026 yil aprelida Vashingtonda tashkil etilgan. Uning hamraislari etib AQShning Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serxio Gor hamda O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva tayinlangan.

Yangi mexanizm amerikalik kompaniyalarga O‘zbekistondagi yirik loyihalar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish va savdoni qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi. Ayniqsa, muhim minerallar, texnologiyalar, energetika va sanoat sohalaridagi hamkorlikka e’tibor qaratiladi. Kengash AQSh biznesining uzoq muddatli ishtiroki uchun institutsional asosni mustahkamlaydi.

Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh moliya institutlari rahbarlari – Eksimbank prezidenti Jon Yovanovich va DFC rahbari Ben Blek bilan uchrashgani xabar qilingan edi. Muzokaralar Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Source: podrobno.uz