Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

16-iyun kuni soat 03:10 atrofida Uchtepa tumani, Toshkent halqa yo‘lida ikki avtomobil ishtirokida og‘ir yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2002-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Lacetti avtomobili chorrahada keskin chapga burilishni amalga oshirgan va qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan BYD rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.

BYD avtomobilini 2010-yilda tug‘ilgan, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan o‘smir boshqargani aniqlangan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, avtomobil yuqori tezlikda harakatlanayotgan bo‘lgan. Zarba natijasida BYD jamoat transporti bekatiga zarar yetkazgan.

Hodisa oqibatida Lacetti haydovchisi va 1999 hamda 2004-yillarda tug‘ilgan ikki yo‘lovchi halok bo‘lgan.

Ushbu fakt bo‘yicha Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, voqea holatlari, jumladan, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqish sabablari va voyaga yetmagan haydovchining transport vositasini boshqarish holatlari o‘rganilmoqda.

Source: uznews.uz