Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

16-iyun kuni kechqurun Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumani Soy bo‘yi mahallasida yirik yong‘in sodir bo‘ldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, noturar qarovsiz binoning 60 kvadrat metr maydoni va 3 ta avtomobil — Labo, Hyundai va Mercedes-Benz yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, uch kishi esa turli darajadagi tan jarohatlari oldi.

Hozirda yong‘in sabablari aniqlanmoqda. Voqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda tuman xizmatlari rahbariyati yetib borgan.

Source: www.gazeta.uz