Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabariga ko'ra, bosh hakam Ilgiz Tantashev va uning yordamchilari Andrey Tsapenko hamda Timur Gaynullin AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadigan jahon chempionatining C guruhidagi o'yinga tayinlangan.

Shotlandiya va Marokash terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 20-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 3:00 da boshlanadi.

Tantashev jahon chempionati o'yinlarini boshqaradigan ikkinchi o'zbekistonlik hakam bo'ladi. Undan oldin Ravshan Irmatov 2010, 2014 va 2018 yilgi turnirlarda ishlagan va 11 ta o'yinni boshqarib, hakamlar orasida jahon rekordini o'rnatgan.

Source: kun.uz