Toshkent xalqaro investitsiya forumiga 10,6 mingdan ortiq kishi tashrif buyurdi. Ulardan 4 mingdan ortig‘i 102 davlatdan kelgan xorijiy mehmonlar va investorlardir.
Tashkilotchilarning ma’lumotiga ko‘ra, forumda Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer va Albaniya prezidenti Bayram Begay ishtirok etmoqda. Shuningdek, Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston hukumat rahbarlari kelgan.
Ishtirokchilar orasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Yangi taraqqiyot banki, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki va Yevropa investitsiya banki vakillari bor. Shuningdek, yetakchi xorijiy banklar, transmilliy kompaniyalar va xalqaro tashkilotlar delegatsiyalari ishtirok etmoqda.
Forum ochilishida O‘zbekiston prezidenti xorijiy investorlarni mamlakat hududlarini rivojlantirishga faol sarmoya kiritishga chaqirdi. U bu jarayonlarda ularga hokimlar yordam berishini ta’kidladi.
Source: podrobno.uz