Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun kelgan Ummon Sultonligi iqtisodiyot vaziri Xamis bin Sayf al-Jabriy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Yuqori martabali mehmon davlat rahbariga Ummon Sultoni Xeysam bin Tariq Al Saidning samimiy salomlarini yetkazdi.

Matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiya-moliya sohalarida hamkorlikni faollashtirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

“Dinamik aloqalar va tovar aylanmasi hajmining o'sishi qayd etildi. O'zbekiston-Ummon investitsiya kompaniyasi ishtirokida muhim loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Kelasi oydan boshlab ikki mamlakat poytaxtlari o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri havo qatnovi yo'lga qo'yiladi”, deyiladi davlat rahbari matbuot xizmati xabarida.

Joriy yilda Maskat shahrida qo'shma Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisini o'tkazish to'g'risida kelishuvga erishildi.

Suhbat davomida transport, logistika, geologiya, elektron tijorat, raqamli infratuzilma va boshqa yo'nalishlardagi istiqbolli loyihalarni ilgari surishga alohida e'tibor qaratildi.

Source: kun.uz