Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, juma va dam olish kunlari respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim hududlarida tushdan keyin mahalliy qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Markaziy va sharqiy hududlarda havo harorati +31...+34 daraja, janubda esa +37...+40 darajagacha bo‘ladi, bu iyun oyining ikkinchi yarmi uchun iqlimiy me’yor doirasidadir.

Shimoliy-g‘arbiy hududlar va cho‘l zonasida havo harorati asta-sekin ko‘tarilib, yakshanba kuni kunduzi +39...+42 darajagacha yetadi.

Shamol tezligi 7-12 m/s, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim hududlarda chang-to‘zon bo‘lishi mumkin.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq, shuningdek, sel va toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.

Toshkentda 19-21 iyun kunlari tushdan keyin qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzgi harorat +31...+34 daraja bo‘ladi.

Sharqiy shamol 3-8 m/s, vaqti-vaqti bilan 12-15 m/s gacha kuchayishi, shaharning ayrim hududlarida chang-to‘zon bo‘lishi mumkin.

Source: uznews.uz