Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston terma jamoasining 22 yoshli himoyachisi Abdulkodir Xusanov Kolumbiyaga qarshi o‘yinda operator bilan to‘qnashib, undan kechirim so‘radi.

Voqea payshanba kuni bo‘lib o‘tgan “K” guruhi uchrashuvining birinchi bo‘limida yuz berdi. Yon chiziq yaqinidagi epizodda Xusanov Kolumbiya hujumchisi Luis Dias bilan kurashga kirishmoqchi bo‘lib, maydon chetida ishlayotgan operatorga borib urilgan. Natijada Xusanov sariq kartochka oldi.

Jabrlanganga tibbiy yordam ko‘rsatilib, kasalxonaga yotqizildi. Keyinroq O‘zbekiston terma jamoasi vakillari uni ziyorat qilib, futbolkani topshirdi. Futbolkada futbolchining imzosi va “I am sorry” (“Kechirasiz”) yozuvi bor edi. Xusanov operatorga tezroq sog‘ayib ketishini tiladi, deya xabar berdi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati.

O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatidagi ilk o‘yinida Kolumbiyaga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Keyingi o‘yinni jamoa 23 iyun kuni Portugaliyaga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.

Source: kun.uz