Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari tomonidan Janubiy Koreyaga ishga joylashish bilan bog'liq navbatdagi firibgarlik holatlari aniqlandi.
Xususan, Migratsiya agentligining Farg'ona viloyat filiali sobiq rahbari B.X. 8 nafar fuqarodan 90 ming dollar olib, imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirish va Janubiy Koreyaga ishga joylashishni va'da qilgani ma'lum bo'ldi.
Namangan viloyatining Yangiqo'rg'on tumanida ikki fuqaro 22 nafar shaxsni Janubiy Koreyaga ishga jo'natish evaziga 34,2 ming dollar va 79,3 million so'm olgan.
Jizzax viloyatida ilgari sudlangan I.A. 6 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, 32,2 ming dollar talab qilgan.
Gulistonda X.X. 6 nafar fuqaroni ishga jo'natishni va'da qilib, 19 ming dollar olgan. Samarqandda Z.M. bir mahalliy fuqaroni ishga joylashtirish uchun 12,5 ming dollar olgan.
Farg'ona tumanida A.K. Migratsiya agentligida ishlaydigan tanishlari orqali Janubiy Koreyaga jo'natishni va'da qilib, 10 ming dollar olgan. Jizzax viloyatida R.A. bir fuqaroni Janubiy Koreyaga jo'natish va'dasi bilan 7 ming dollar olgan.
G'ijduvon tumanida ilgari sudlangan B.I. yuqori lavozimli tanishlari orqali L.N.ni o'qish va ishlash uchun Janubiy Koreyaga jo'natishni va'da qilib, 5,6 ming dollar olgan. Forish tumanida I.X. N.E.ga Janubiy Koreyada ish joylashishni va'da qilib, 4 ming dollar olgan.
Barcha holatlar bo'yicha jinoyat ishlari qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Source: uznews.uz