O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro jahon chempionatining ikkinchi turida Portugaliyadan 0:5 hisobida mag'lub bo'lganidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Kannavaroning so'zlariga ko'ra, jamoa guruh bosqichida ikki o'yindan keyin ochkosiz qolgan bo'lsa-da, eng yaxshi uchinchi o'rinlar reytingi orqali pley-offga chiqish imkoniyatini saqlab qolgan.
"Albatta, jahon chempionatidagi ilk ishtirok oson bo'lishi mumkin emas edi. Qur'a tashlash marosimidan so'ng, Kolumbiya va Portugaliyani ko'rib, bizni juda og'ir guruh kutayotganini tushundik", - dedi Kannavaro.
Murabbiy hisobga qaramay, jamoa taslim bo'lmaganini ta'kidladi: "Kolumbiya bilan o'yindan keyin ham jamoa bilan faxrlanayotganimni aytgandim, bugun ham faxrlanaman. Chunki ularni ko'rdim. Ha, qiyinchiliklarga duch kelishdi, ammo bir soniya ham taslim bo'lishmadi".
Kannavaro Portugaliyaga qarshi o'yin O'zbekiston uchun birinchi jahon chempionatidagi katta tajribaning bir qismi ekanligini qo'shimcha qildi: "Albatta, barcha chiziqlarda yuqori darajadagi futbolchilarga ega jamoa bilan o'ynash har doim og'ir. Ular maydonga juda katta motivatsiya bilan chiqishdi. Ammo aytganimdek, bu jahon chempionati biz uchun tajriba".
Eslatib o'tamiz, Portugaliya O'zbekistonni 5:0 hisobida mag'lub etgan edi.
Source: podrobno.uz