Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Soliq qo'mitasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini jamoat muhokamasiga taqdim etdi. Hujjat banklarning jismoniy va yuridik shaxslarning hisobvaraqlari va omonatlari to'g'risidagi ma'lumotlarni soliq organlariga topshirish tartibini belgilaydi.

Loyihaga ko'ra, banklar soliq organlariga yuridik va jismoniy shaxslarning hisobvaraqlari to'g'risidagi ma'lumotlarni elektron shaklda taqdim etadi. Shuningdek, banklar soliq qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida soliq organlarining so'rovlari bo'yicha ma'lumotlarni yuboradi.

Qo'shimcha ravishda, agar jismoniy shaxsning bank kartasiga bir kalendar oyi davomida boshqa jismoniy shaxslarning bank kartalari yoki elektron hamyonlaridan (yaqin qarindoshlar bundan mustasno) umumiy summasi 500 BRV (206 million so'm) ga teng yoki undan ortiq bo'lgan mablag'lar tushsa, bu haqda soliq organlariga ma'lumot berilishi ko'zda tutilgan.

Hujjat, shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan xorijiy yuridik shaxslar manziliga o'tkazilgan mablag'lar to'g'risidagi ma'lumotlarni (to'lovchining shaxsiy ma'lumotlarisiz) taqdim etishni nazarda tutadi.

Hujjat muhokamasi 8 iyulgacha davom etadi.

Source: uznews.uz