Andijonda suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi. Bu ishlar Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning tashrifi chog‘ida ushbu muammoga e’tibor qaratilganidan so‘ng boshlangan.
Podrobno.uz’ning xabar berishicha, masalani tezkor hal qilish uchun prezidentga darhol hisobot taqdim etilgan. Ko‘p o‘tmay, Boburshoh va Oltinko‘l ko‘chalarida keng ko‘lamli ishlar boshlangan.
Ob’ektga 98,9 milliard so‘m yo‘naltirilgan bo‘lib, ishlarga 60 dan ortiq yirik texnika jalb qilingan.
Yil boshida Toshkentning ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 98,6 foizga, markaziy kanalizatsiya bilan esa 94 foizga yetgani xabar qilingan edi.
Source: podrobno.uz