Toshkent shahar suv ta'minoti aksiyadorlik jamiyati ma'lumotlariga ko'ra, 29-iyun kuni soat 09:00 dan 30-iyun kuni soat 09:00 gacha Bektemir tumanida ichimlik suvi ta'minoti vaqtincha to'xtatiladi.
Suv ta'minotining to'xtatilishi Ohangaron shoh ko'chasi bo'ylab yangi ko'prik qurilishi munosabati bilan ichimlik suvi tarmog'i uchastkasini ko'chirish bo'yicha rejali ishlar olib borilishi bilan bog'liq.
Vaqtinchalik noqulayliklar Mirishkor, Rohot, Zilola, Chashma, Iqbol, Majnuntol, Abay, Gulbog', Bektemir, Husayn Boyqaro, Oltingopgan, Iyk ota, Musaffo, Sohil, Nurli yo'l va Ustozlar mahallalari aholisiga ta'sir qiladi.
Ushbu davrda 185 ta ko'p qavatli va 8549 ta xususiy uy suvsiz qoladi. Shuningdek, 5 ta tibbiyot muassasasi, 56 ta sanoat korxonasi, 1 ta markaziy va 2 ta mahalliy qozonxona, 3 ta masjid va 13 ta maktabgacha ta'lim tashkilotiga suv berish to'xtatiladi.
Source: podrobno.uz