Buxoro viloyatida fuqarolarni aldab, Germaniyaga ishga yuborish evaziga pul talab qilgan shaxs aniqlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Tergovga qadar tekshiruvda fuqaro B.R. uch nafar shaxsning ishonchiga kirgan va o‘zini go‘yoki ko‘p yillardan buyon Germaniyada ishlab kelayotgan shaxs sifatida tanishtirgan.
Suhbatdoshlariga yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali ularni ham ushbu davlatga yuborishni va’da qilgan. Gumonlanuvchi fuqarolardan jami 19 800 dollar va 2 mln so‘m pulni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan B.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi (Pora berishda sherikchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Source: www.gazeta.uz