O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, juma kuni kunduzi respublikaning katta qismida yog‘insiz ob-havo kutiladi, faqat Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyati va kechqurun Toshkent viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Havo harorati +30…+33 daraja, janub va cho‘l zonalarida +35…+37 darajagacha bo‘ladi.
Ertaga, 4 iyulda, qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq faqat Farg‘ona vodiysida, shuningdek, kechasi va ertalab Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kuzatiladi. Havo harorati sezilarli o‘zgarmaydi.
Yakshanba, 5 iyulda, butun O‘zbekiston hududida yog‘insiz ob-havo kutiladi. Havo harorati ko‘tarila boshlaydi va kunduzi +34…+37, janubda +39 darajagacha isiydi.
Sharqiy shamol 7-12 m/s, 3 iyulda shimol va cho‘l zonalarida 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim hududlarda changli bo‘ron bo‘lishi mumkin.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 3-4 iyulda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli. Sel va toshqin xavfi bor.
Toshkentda juma kuni kunduzi yog‘insiz ob-havo, kechqurun qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati +31…+33 daraja.
Shanba, 4 iyulda, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq ehtimoli bor, kunduzi yog‘insiz. Kunduzgi harorat +31…+33 daraja. Yakshanba, 5 iyulda, yog‘insiz ob-havo o‘rnatiladi. Kunduzgi harorat +34…+36, kechasi +18…+23 darajagacha ko‘tariladi. Sharqiy shamol 3-8 m/s, ba’zi joylarda 10 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Source: uznews.uz