O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Gruziyaga davlat tashrifi doirasida 3 iyul kuni Tbilisi shahridagi Qahramonlar maydoniga bordi.
Davlat rahbari sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.
Prezident Gruziya birligi uchun halok bo‘lgan Qahramonlar yodgorligi poyiga gulchambar qo‘ydi.
Harbiy orkestr O‘zbekiston va Gruziya davlat madhiyalarini ijro etdi.
Source: kun.uz