Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligi ro‘yxatining dastlabki natijalariga ko‘ra, 33,3 million kishi xususiy uylarda istiqomat qiladi. Bu mamlakat umumiy aholisining 85,3 foizini tashkil etadi.

Uy-joy turlari bo‘yicha taqsimot: xususiy uylar – 33,3 million kishi (85,3%); ko‘p qavatli uylar – 4,8 million kishi (12,4%); boshqa turdagi uylar – 927,3 ming kishi (2,3%).

Boshqa turdagi uylarga dam olish uylari, yotoqxonalar, mehmonxonalar va boshqa yashash joylari kiradi.

Source: uznews.uz