Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekistonda 15 iyuldan boshlab “Ochiq Budjet 2026” loyihasining ikkinchi mavsumi ishga tushadi. Ushbu tashabbus aholining byudjet jarayonlarida ishtirokini kengaytirishga qaratilgan.

Loyiha doirasida bir necha bosqich belgilangan: 15 iyuldan 3 avgustgacha loyiha takliflarini qabul qilish, 4 dan 18 avgustgacha kelib tushgan takliflarni saralash, 19 dan 21 avgustgacha loyihalarni targ‘ib qilish bo‘yicha axborot kampaniyasi o‘tkaziladi.

Ovoz berish jarayoni 22 avgustdan 31 avgustgacha davom etadi. Asosiy bosqich g‘oliblari 1 sentyabrda — mamlakat mustaqilligining 35 yilligi kuni e’lon qilinadi.

Qo‘shimcha g‘olib loyihalar esa 1 sentyabrdan 10 sentyabrgacha ma’lum qilinadi. Mazkur tashabbus fuqarolarning budjet mablag‘larini taqsimlashdagi ishtirokini oshirishga xizmat qiladi.

Source: www.uznews.uz