Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Denov tumanida yuz bergan fojiali hodisa oqibatida to‘rt kishi hayotdan ko‘z yumdi. 28 avgust kuni poyezd temir yo‘l kesishmasida Gentra rusumli avtomobil bilan to‘qnashib ketdi.

Kun.uz’ning xabar berishicha, avtomobil poyezd yaqinlashayotgan paytda kesishmaga chiqib ketgan. Zarbadan so‘ng mashina yo‘l chetiga otilib, beton ustunga borib urilgan. Bu kuchli to‘qnashuv natijasida avtomobil ichidagi to‘rt kishi voqea joyida halok bo‘lgan.

Hozircha Surxondaryo viloyati YHXB, “O‘zbekiston temir yo‘llari” va boshqa mas’ul idoralar rasmiy ma’lumot bermagan. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatida Chevrolet Captiva yuk mashinasi bilan to‘qnashib, uch kishi halok bo‘lgan, fura yonib ketgan edi. Ushbu hodisalar yo‘l harakati xavfsizligi masalalarini yana bir bor kun tartibiga chiqarmoqda.

Source: podrobno.uz