Yakshanba, 6-sentabr kuni poytaxtda davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag'ishlangan ommaviy yugurish — «Toshkent xalqaro yarim marafoni» bo'lib o'tadi.
Toshkent shahar Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi (YHXB) ma'lumotiga ko'ra, musobaqa ishtirokchilari va yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash maqsadida 6-sentabr kuni soat 05:00 dan 14:00 gacha quyidagi yo'nalishlarda avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi:
Islom Karimov ko'chasi — Furqat ko'chasidan Sharof Rashidov shoh ko'chasigacha; Sharof Rashidov shoh ko'chasi — Afrosiyob ko'chasidan Islom Karimov ko'chasigacha; Afrosiyob ko'chasi — Islom Karimov ko'chasidan Oybek ko'chasigacha; Oybek ko'chasi — Afrosiyob ko'chasidan Nukus ko'chasigacha; Nukus ko'chasi — Oybek ko'chasidan Abdulla Qodiriy ko'chasigacha; Abdulla Qodiriy ko'chasi — Nukus ko'chasidan Hamidulla Oripov ko'chasigacha; Hamidulla Oripov ko'chasi — Abdulla Qodiriy ko'chasidan Mustaqillik shoh ko'chasigacha; Mustaqillik shoh ko'chasi — Mirzo Ulug'bek shoh ko'chasidan Amir Temur xiyobonigacha; Amir Temur xiyoboni atrofidagi yo'llar — Buxoro va Shahrisabz ko'chalarigacha; Alisher Navoiy ko'chasi — Shahrisabz ko'chasidan Furqat ko'chasigacha; Botir Zokirov ko'chasi — Alisher Navoiy ko'chasidan Afrosiyob ko'chasigacha; Ukchi ko'chasining Botir Zokirov ko'chasiga tutashgan qismi.
Qayd etilishicha, ishtirokchilar va tomoshabinlar soni oshganda, zarurat tug'ilsa, qo'shni ko'chalarda ham harakat vaqtincha cheklanishi mumkin.
Haydovchilar marshrutlarini oldindan rejalashtirish, muqobil yo'nalishlardan foydalanish hamda yo'l belgilari va YHXB xodimlarining ko'rsatmalariga rioya qilishga chaqirildi.
Source: uznews.uz