Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

1-sentabrdan boshlab Hindiston fuqarolarining ma’lum bir qismi uchun O‘zbekistonga 30 kunlik vizasiz kirish rejimi joriy etildi. Bu haqda Podrobno.uz xabar bermoqda.

Yangi qoidalarga ko‘ra, Avstraliya, AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Janubiy Koreya, Shengen mamlakatlari, Yangi Zelandiya yoki Yaponiyaning amaldagi ko‘p martalik turistik yoki biznes vizasiga ega bo‘lgan Hindiston fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kirishlari mumkin.

Yana bir majburiy shart — O‘zbekistondan keyingi uchish uchun aviachipta bo‘lishi kerak, ya’ni o‘z mamlakatiga yoki uchinchi davlatga chipta talab qilinadi. Respublikada o‘zbek vizasisiz bo‘lish muddati — kirish paytidan boshlab 30 kungacha, lekin xorijiy vizaning amal qilish muddati doirasida.

Tegishli tartib Prezidentning 180-sonli farmoni bilan belgilangan. Avvalroq Shavkat Mirziyoyev va Narendra Modi muzokaralari doirasida O‘zbekiston va Hindiston 30 kunlik vizasiz rejim joriy etish bo‘yicha kelishgani xabar qilingan edi.

Source: podrobno.uz