Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda chet el valyutasini noqonuniy olib chiqishga urinishning oldini oldi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qo‘shni davlat fuqarolari bo‘lgan ikki kishi «Navoiy» chegara bojxona posti orqali piyoda o‘tayotganida ularning xatti-harakati shubha uyg‘otdi. Shundan so‘ng guvohlar ishtirokida shaxsiy ko‘rik o‘tkazildi.

Erkaklarning biridan 80 ming dollar, ikkinchisidan esa 160 ming dollar topildi. Pul mablag‘lari boldir sohasiga yashirilgan va skotch bilan mahkamlangan edi.

Umumiy hisobda bojxona xodimlari fuqarolardan 240 ming dollarni olib qo‘ydi. Qayd etilishicha, valyuta og‘zaki so‘rovda e’lon qilinmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ham ko‘rsatilmagan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

Source: uznews.uz