O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myonning taklifiga binoan 13-16-sentabr kunlari ushbu mamlakatga davlat tashrifi bilan boradi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif davomida davlat rahbari Seul shahrida Koreya Prezidenti Li Chje Myon bilan tor doirada va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar o‘tkazadi. Shuningdek, Milliy Assambleya Spikeri Cho Chjon Shik, Bosh vazir Xan Son Suk, Koreyaning yirik kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan.
Muzokaralarda “O‘zbekiston bilan Koreya o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va kengaytirish, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarida kooperatsiyani chuqurlashtirish hamda madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Prezident birinchi “Markaziy Osiyo — Koreya Respublikasi” sammitida ham ishtirok etadi. Unda savdo, investitsiyalar, infratuzilma, raqamli transformatsiya, ilm-fan, texnologiyalar va boshqa ko‘plab sohalardagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilinadi.
Tadbir yakunlari bo‘yicha Seul deklaratsiyasi qabul qilinishi rejalashtirilgan. Ushbu hujjat ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi kutilmoqda.
Source: www.gazeta.uz