Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Poytaxtimizda transport oqimini tartibga solish va tirbandliklarni kamaytirish borasidagi sa'y-harakatlar davom ettirilmoqda. Toshkent shahrining Farg‘ona yo‘li ko‘chasida yana bir "Yashil to‘lqin" tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Mutaxassislarning ma'lumotlariga ko'ra, Yo‘l harakatini tashkil etish markazi xodimlari 6 kilometrlik masofani o‘z ichiga olgan hududda 13 ta svetofor obyektining ishini o‘zaro muvofiqlashtirdilar. Ushbu jarayon "Qo‘yliq-ota" maqbarasidan boshlanib, UzBUM hududigacha bo‘lgan qamrovni o'z ichiga oladi.

Yangi tartib kechayu kunduz rejimida ishlamoqda va dastlabki o‘lchovlar natijalari ijobiy ko‘rsatkichlarni bermoqda. Ta'kidlanishicha, tirband bo‘lmagan vaqtda ushbu masofani bosib o‘tish vaqti qariyb 25 foizga qisqargan bo‘lib, haydovchilar ilgari 12-13 daqiqa sarflagan bo‘lsa, hozirda yo‘lga o‘rtacha 9 daqiqa sarflamoqda.

Ushbu tizimning asosiy afzalligi shundaki, belgilangan tezlik rejimiga amal qilgan haydovchilar svetoforlarning qizil chirog‘iga to‘xtamasdan harakatlanishlari mumkin. Bu esa tirbandliklarni kamaytirib, poytaxtga kirib keluvchi transport oqimini tartibga solishga yordam beradi.

Source: podrobno.uz