Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida profilaktika inspektori va IIB boshligʻi lavozimida ishlagan xodimning noqonuniy xatti-harakatlari fosh etilib, ularga nisbatan sud hukmi chiqarildi. Mazkur mojaro shahar markazidagi kafelardan birida boshlangan tartibsizliklar va uni yashirishga qaratilgan harakatlar bilan bogʻliqligi ma'lum boʻldi. Hodisa tafsilotlari jamiyatda katta e'tirozlarga sabab boʻlib, huquq-tartibot tizimidagi muammolarni yana bir bor koʻrsatdi.

Sud hujjatlarida keltirilishicha, joriy yilning 17-fevral kuni Sh.M. ismli fuqaro tanishi bilan “Bek” kafesida ovqatlanib oʻtirgan vaqtda umumiy zalda mast ayol janjal koʻtargan. Mojaroga aralashib, tomonlarni tinchlantirmoqchi boʻlgan Sh.M.ga nisbatan tajovuzkorona munosabat bildirilgan. Oradan koʻp oʻtmay, kafeda tanilgan shaxslar va hatto patrul-post xodimlari ham paydo boʻlgan, biroq vaziyatni tinchlantirish oʻrniga jabrlanuvchiga tashqarida jismoniy kuch ishlatilgan.

Jabrlanuvchining koʻrsatmalariga koʻra, uni oʻn nafarga yaqin yigitlar oʻrab olib, kutilmaganda yuziga zarbalar berishgan va shafqatsizlarcha kaltaklashgan. Voqea joyidan qochib qutulishga uringaniga qaramay, jinoyatdan jabr koʻrgan fuqaro ta'qib qilinib, shahar avtoturargohida yana kaltaklangan va natijada u hushini yoʻqotib, tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga olib borilgan.

Mazkur ishni tergov qilish va qonuniy baho berish oʻrniga, profilaktika inspektori jinoyatchilardan 2 700 dollar miqdorida pora olib, ishni bostirib yuborishga uringani aniqlandi. U pulning bir qismini jabrlanuvchiga berib, qolgan qismidan foydalangan. Huquq-tartibot idoralari xodimi yana qoʻshimcha ravishda 300 dollar berayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Source: kun.uz