O'zbekiston, Ozarbjon va Turkiya harbiy xizmatchilari ishtirokida "Birlik kuchi – 2026" deb nomlangan ilk keng ko'lamli qo'shma harbiy mashg'ulotlar yakuniga yetdi. Joriy yilning 22-sentyabridan 1-oktyabrigacha bo'lgan davrda o'tkazilgan ushbu tadbirda 3,5 mingdan ortiq harbiylar qatnashgani xabar qilinmoqda.
Keng ko'lamli manevrlar Boku, Naxchivon, Qorabog' mintaqasi hamda Kaspiy dengizining ozarbayjon sektoridagi poligonalarda tashkil etildi. Ushbu operatsiyalar davomida 130 dan ortiq uchuvchisiz uchish apparatlari, 70 dan ziyod zirhli texnika, 90 ta artilleriya tizimi va 20 ta aviatsiya vositasi jalb etilgan. Dasturning asosiy qismi zamonaviy dron texnologiyalarini sinovdan o'tkazishga qaratilib, harbiylar dushman dronlarining galasini qaytarish, havo razvedkasini olib borish va logistika masalalarini ishlagan.
Shuningdek, mashg'ulotlar davomida mudofaa chiziqlarini yorib o'tish, minadan tozalash, aholi punktlarini tozalash va kiberhujumlarga qarshi kurashish ssenariylari bajarildi. Kaspiy dengizidagi amaliyotda esa desant tushirish, garovga olinganlarni qutqarish va shartli terrorchilar bazasini yo'q qilish vazifalari bajarilib, jarayonni bir qator davlatlar kuzatib bordi.
Source: podrobno.uz