Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

«Dunyo» axborot agentligi xabar berishicha, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilardan iborat jamoa Buyuk Britaniyaning Uels shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro nufuzli «Cambrian Patrol – 2026» harbiy musobaqalarida faxrli ikkinchi o‘rinni egallab, kumush medal bilan taqdirlandi.

Mazkur o‘ta shiddatli va murakkab musobaqalarda Britaniya rejimi hamda boshqa g‘arbiy davlatlar vakillari qatorida dunyoning 35 ga yaqin mamlakatidan kelgan 140 dan ortiq patrul guruhlari o‘zaro bellashdi. Ishtirokchilar ro‘yxatidan AQSh rejimi, Fransiya, Germaniya, Italiya, shuningdek, Pokiston va Qozog‘iston kabi davlatlarning harbiylari ham joy oldi.

Musobaqa shartlariga ko‘ra, harbiylar 48 soat davomida tog‘li, botqoqli va borish qiyin bo‘lgan hududlarda qariyb 70 kilometrlik masofani piyoda bosib o‘tishga majbur bo‘lishdi. Shu bilan birga, jamoalar shartli jangovar vaziyatlarda razvedka ma'lumotlarini yig‘ish, turli to‘siqlarni yengib o‘tish hamda yaradorlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘z mahoratlarini amalda sinovdan o‘tkazdilar.

Qolaversa, ishtirokchilar kimyoviy, biologik, radiologik va yadroviy tahdidlar yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarda harakatlanish ko‘nikmalarini ham namoyish etishdi. Xalqaro ekspertlar va hakamlar O‘zbekiston harbiy jamoasining yuqori darajadagi tayyorgarligi hamda vazifalarni bajarishdagi matonatini alohida e'tirof etishdi.

Ma'lumot uchun, 1959 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan «Cambrian Patrol» musobaqalari xalqaro harbiy hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish va bo‘linmalarning jangovar shayligini oshirishda muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Source: uznews.uz