14-oktabr oqshomida Toshkent shahrida havo sifati sezilarli darajada yomonlashishi va sezgir aholi guruhlari uchun xavfli darajaga yetishi prognoz qilinmoqda. Milliy ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi tarqatgan ma'lumotlarga ko‘ra, eng yuqori ifloslanish darajasi poytaxtning shimoliy va g‘arbiy tumanlarida kuzatilishi kutilmoqda.
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, soat 20:00 dan 23:00 gacha havo sifati indeksi (AQI) 100–150 oralig‘ini tashkil etishi mumkin. Bunday ko‘rsatkichlar xalqaro tasnifga muvofiq “sezgir guruhlar uchun nosog‘lom” toifasiga kiradi va nafas yo‘llari kasalliklari bor kishilarga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Ekologiya qo‘mitasi bu kabi noxush holat yuzaga kelishining sabablarini tushuntirar ekan, ob-havo sharoitlari, jumladan, zaif shamol va harorat inversiyasi asosiy omil ekanini ta'kidladi. Ushbu tabiiy jarayonlar natijasida zararli zarrachalar yer yuzasiga yaqin qatlamda to‘planib qoladi va tarqalib keta olmaydi.
Source: podrobno.uz