Oʻzbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi idoralari tomonidan amalga oshirilgan qoʻshma tezkor tadbirlar natijasida Istanbul shahrida xalqaro miqyosda qidiruvda boʻlgan Oʻzbekiston fuqarosi ushlandi. Bu haqda mamlakatimizning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi rasman maʼlum qildi, deb xabar beradi nashr.
Maʼlum boʻlishicha, ushbu shaxs Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismida nazarda tutilgan ogʻir jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda. Uzoq vaqt davomida tergov organlaridan yashirinib yurgan gumonlanuvchiga nisbatan avvalroq xalqaro qidiruv eʼlon qilingan edi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning muvofiqlashtirilgan harakatlari tufayli qochqin tezkorlik bilan qoʻlga olingan va belgilangan tartibda Oʻzbekiston sud organlariga ekstraditsiya qilingan. Hozirda unga nisbatan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Diplomatik vakolatxona vakillarining taʼkidlashicha, ikki davlat oʻrtasidagi huquqiy-amaliy hamkorlik j jinoiy qilmishlarni fosh etish, qidiruvdagi shaxslarni aniqlash hamda adolatdan qochishga urinishlarning oldini olishda oʻzining ijobiy natijalarini bermoqda.
Source: podrobno.uz