️ O‘zbekistonning Tashqi ishlar vazirligi (TIV) matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 1-martdan 5-mart soat 10:00 holatiga qadar jami 9361 nafar vatandoshimiz vatanga evakuatsiya qilindi. Bu jarayon asosan fuqarolik aviatsiyasi uchun havo hududi ochiq bo‘lgan mamlakatlardan amalga oshirildi.
️ Evakuatsiya qilingan fuqarolarning aksariyati Saudiya Arabistonidan – 8114 nafar, Birlashgan Arab Amirliklaridan esa 1192 nafar charter reyslar orqali olib kelindi. Shuningdek, Erondan 23 nafar, Bahrayndan 25 nafar va O‘mondan 7 nafar fuqarolar ham vatanga yetkazildi.
️ TIV qayd etishicha, mintaqaning boshqa davlatlarida havo hududi ochilishi bilan evakuatsiya tadbirlari tezkor ravishda tashkil etiladi va davom ettiriladi. Vazirlik fuqarolarni xotirjamlikni saqlashga, vahimaga berilmaslikka va vazmin harakatlanishga chaqirdi.
️ Shuningdek, xorijda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga mazkur mamlakatning ichki qoidalari va talablariga qat’iy rioya etish, faqat O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari va diplomatik vakolatxonalari tomonidan tarqatilayotgan rasmiy axborotga amal qilish tavsiya qilindi.
Source: www.gazeta.uz