O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida elektron navbat tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda
16-martdan boshlab, O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasidagi “Yallama” bojxona postida avtotransport vositalari uchun navbatlarni boshqarishning yangi elektron tizimi sinov tariqasida ishga tushirildi. Davlat bojxona qo‘mitasi xabariga ko‘ra, bu tizimni joriy etish uchun postga tutash hududda zarur infratuzilma yaratilgan bo‘lib, hozirda ushbu post orqali O‘zbekistondan kuniga o‘rtacha 500–600 ta avtotransport vositasi chiqadi.











