O‘zbekistonda Ramazon oyi 2026-yil 19 fevraldan boshlanadi, rasmiy e’lon qilingan.
Foto: Kun.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev "Muborak Ramazon oyini munosib o‘tkazish to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi. Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Musulmonlari idorasi tomonidan taqdim etilgan 2026-yilda Ramazonning 19 fevraldan boshlanishi haqidagi ma’lumot ma’lumot uchun qabul qilindi.
Qarorda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari va Toshkent shahar hokimligiga Ramazonni milliy an’analar va qadriyatlar asosida o‘tkazishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifasi yuklatildi.
Ushbu ishlar Din ishlari qo‘mitasi, O‘zbekiston Mahalla fondi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg‘armasi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda olib boriladi.
"Ramazon – rahm-shafqat, birdamlik va minnatdorchilik oyi" mavzusi ostida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilandi:
• kam ta’minlangan oilalar, muhtojlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlarga keng qamrovli yordam ko‘rsatish;
• mahallalarni o‘zaro hurmat, birlik, adolat va axloqiy tarbiya markazlari sifatida mustahkamlash;
• yer, suv, havo va tabiiy muhitni muhofaza qilish, shuningdek, muqaddas joylar, ziyoratgohlar va qabristonlarni yaxshilash;
• Ramazon bilan bog‘liq tadbirlarni ixcham, mazmunli va iqtisodiy tarzda tashkil etish, isrof va behuda sarflarning oldini olish.
Source: kun.uz