Nukus shahri markazidan o‘tuvchi "Do‘stlik" kanalida 17-fevral kuni soat 08:20da odam cho‘kayotgani haqida xabar kelgan. Vaziyatni kanal bo‘yida yurgan o‘tkinchi kishi payqab, qutqaruv xizmatiga xabar bergan.
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining suv osti qutqaruvchilari tezda joyga yetib kelib, jabrlanuvchini suvdan chiqarishgan. Unga zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, hayoti saqlab qolingan.
Shundan so‘ng qutqarilgan fuqaro tez tibbiy yordam brigadasiga topshirilgan.
Jabrlanganga birinchi yordam ko‘rsatilib, shifokorlarga topshirilgan.
Foto: videodan kadr
Source: kun.uz