Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Angren shahrida Toyota va Damas avtomobillari to'qnashuvi natijasida Damas yo'l chetida turgan Pskent tumani jinoyat ishlari bo'yicha sudi raisi Muzaffar Bozorovga urildi. Sudya jismoniy jarohatlar oldi va kasalxonaga yotqizildi.

Oliy sudya kengashi ma'lum qilishicha, hozirgi vaqtda uning ahvoli qoniqarli. To'qnashuv 22-fevral kuni soat 9:30 atrofida sodir bo'lgan. Sud xodimlari Oliy sudya kengashiga xabar berib, kasalxonaga tashrif buyurishgan.

"Oliy sudya kengashi vaziyatni nazorat ostiga oldi. Bemorning ahvoli haqida muntazam ma'lumotlar kelmoqda. Shifokorlarning ma'lumotlariga ko'ra, bemorning ahvoli yaxshilangan", - deyilgan xabarda ta'kidlangan.

Hodisaga qonuniy baho berilishi kutilmoqda.

Source: kun.uz