Boku harbiy sudi sobiq Tog‘li Qorabog‘ davlat vaziri, tadbirkor Ruben Vardanyanni 20 yil ozodlikdan mahrum qilgan. Bu haqda davlat agentligi Azertag xabar berdi. Ilgari ayblov tomoni umrbod muddatga talab qilgan edi.
Foto: azertag.az
Sud jarayoni Bokuda 2025-yil yanvar oyida boshlangan. Davlat nomidan jabrlanuvchi sifatida Ozarbayjon Vazirlar Mahkamasi apparati rahbari Rufat Mamadov chiqqan bo‘lib, u prokuratura tomonidan taqdim etilgan dalillarga roziligini bildirib, suddan ularni qaror qabul qilishda hisobga olishni so‘ragan.
Vardanyan oilasi hukmni "dahshatli, lekin kutilgan" deb atadi. Qarindoshlarning so‘zlariga ko‘ra, sud jarayoni yopiq eshiklar ortida o‘tgan, ayblovlarga oid dalillar esa taqdim etilmagan. Ular, shuningdek, tadbirkorni va boshqa arman mahbuslarini, ular siyosiy deb hisoblashadi, ozod qilish uchun kurashish niyatida ekanliklarini bildirdi.
Vardanyan — tadbirkor va investor, Forbes jurnali versiyasiga ko‘ra, eng boy rossiyalik tadbirkorlar qatoriga kirgan. 2022-yil kuzida u rossiya fuqaroligidan voz kechgan, bu qaror Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi vaziyat bilan bog‘liq ekanligini aytgan.
Tadbirkor 2023-yil sentyabr oyida Ozarbayjonning mintaqadagi harbiy operatsiyasidan keyin Armanistonga kirishga urinayotganda Ozarbayjon huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan ushlangan, natijada bahsli hudud Boku nazorati ostiga o‘tgan. Shundan beri u qamoqda bo‘lgan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Vardanyanga 40 dan ortiq ayblovlar qo‘yilgan, jumladan terrorizmni moliyalashtirish, noqonuniy qurolli tuzilmalar yaratish va Ozarbayjon davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish.
Source: kun.uz