O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan Tinchlik Kengashining birinchi majlisida ishtirok etishi kutilmoqda. Ushbu forum xalqaro xavfsizlikni mustahkamlash, mintaviy barqarorlik va tinchlik tashabbuslarini muvofiqlashtirish masalalariga bag‘ishlangan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tinchlik Kengashining birinchi majlisi mavjud geosiyosiy muammolar, nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilish mexanizmlari va davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash mavzularini muhokama qilish uchun xalqaro platformaga aylanadi.

Majlisda davlat va hukumat rahbarlari, xalqaro tashkilotlar va diplomatik doiralar vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Kun tartibiga global xavfsizlikka ta’sir etuvchi asosiy omillar, gumanitar hamkorlik, barqaror rivojlanish va ishonch o‘rnatish choralarini kuchaytirish masalalari kiritilgan.

Shavkat Mirziyoyevning ushbu forumda ishtirok etishi O‘zbekistonning xalqaro tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan tashabbuslarda faol ishtirok etishga tayyorligini tasdiqlovchi harakat sifatida qaralmoqda.

Shuningdek, tashrif doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar va bir qator xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilinishi mumkin.

Source: kun.uz