"Uzatom" Agentligida Vengriya davlat kompaniyasi MVM EGI Zrt. delegatsiyasi bilan ishchi uchrashuv bo'lib o'tdi, unda O'zbekistonda atom elektr stansiyasi qurish bo'yicha hamkorlik va shartnoma jihatlari ko'rib chiqildi.
Foto: Uzatom
Joriy yilning 16-fevral kuni "Uzatom" agentligida agentlik direktori rahbarligida Vengriya davlat kompaniyasi MVM EGI Zrt. delegatsiyasi bilan ishchi uchrashuv o'tkazildi. Delegatsiyaga bosh direktor Peter Karpati va loyiha direktori P.N. Bezrukov boshchilik qildi.
Tomonlar O'zbekiston hududida zamonaviy integratsiyalangan atom elektr stansiyasi qurish loyihasi doirasidagi hamkorlikning joriy bosqichi batafsil muhokama qilindi.
Muzokaralar davomida loyihaning barcha ishtirokchilari harakatlarini muvofiqlashtirishga alohida e'tibor qaratildi. Bu asosiy yo'nalishlar bo'yicha jarayonlarni barqaror va samarali tashkil etishga imkon berishi ta'kidlandi.
Shuningdek, O'zbekistonda uskunalar va komponentlar ishlab chiqarishni joylashtirish istiqbollari muhokama qilindi. Bu yo'nalish milliy yuqori texnologiyali sanoatni rivojlantirish va mamlakat ichida barqaror kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan strategik muhim vazifa sifatida belgilandi.
Uchrashuv O'zbekiston va Vengriya o'rtasida atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida yuqori darajadagi ishonch va o'zaro tushunishni yana bir bor tasdiqlaganligi ta'kidlandi. Tomonlar ochiq sheriklik tamoyillariga sodiqligini va ilg'or texnologiyalarni faol o'tkazishga intilishlarini bildirdi.
Muzokaralar natijasida shartnoma majburiyatlari bilan bog'liq masalalarga alohida e'tibor bilan faol muloqotni davom ettirish to'g'risida kelishuvga erishildi.
Source: kun.uz