Nukus shahrining markazidan oqib o‘tuvchi "Do‘stlik" kanalida 17-fevral kuni soat 08:20 da odam cho‘kayotgani haqida xabar kelgan. Vaziyatni kanal bo‘yida yurgan bir piyoda kuzatib, qutqaruv xizmatiga xabar bergan.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining suv osti qutqaruvchilari tezda joyga yetib kelib, jabrlanuvchini suvdan chiqarishgan. Unga zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, hayoti saqlanib qolgan.

Keyin esa qutqarilgan ayol tez tibbiy yordam brigadasiga topshirilgan.

Jabrlanuvchiga birinchi yordam ko‘rsatilib, shifokorlarga topshirilgan.

Foto: videodan kadr

Source: kun.uz