Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Uzbek Overseas Geology Company kompaniyasi Afg'oniston hududida geologik-qidiruv loyihasini amalga oshirishni boshladi. Ishlar uglevodorodlar, shuningdek temir va mis rudasi zahiralarini aniqlashga qaratilgan.

Loyiha doirasida geologik-qidiruv ishlari Muhammad-Jandagar, Shamor va Ahmadobod bloklarida olib borilmoqda. Asosiy vazifa uglevodorod resurslari, temir va mis konlarini aniqlash deb belgilangan.

Ishlarning rasmiy boshlanish marosimida Balx viloyati gubernatorining o'rinbosari Mavlavi Nurul Hodi Abu Idris va Uzbek Overseas Geology Company kompaniyasining bosh direktori Hayit Omonov ishtirok etdi.

Afg'on tomoni bilan muzokaralar natijasida kompaniya loyihani amalga oshirish uchun tegishli litsenziyani olgani ma'lum qilindi.

Source: kun.uz